Haddod: Suriya Turkiya bilan chegarani yopsagina, terrorchilik ustidan g‘alaba qozonadi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSuriya Arab Respublikasining Rossiyadagi elchisi R. Haddod
Suriya Arab Respublikasining Rossiyadagi elchisi R. Haddod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya elchisining so‘zlariga qaraganda, Suriyada hukumat roziligisiz faoliyat olib borayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya “Islom davlati”ga qarshi kurash uchun emas, balki uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan”

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Suriya armiyasi terrorchilik ustidan tez orada g‘alab qozonishi mumkin, buning uchun Turkiya bilan chegara yopilishi lozim, deb ta’kidladi RIA Novosti axborot agentligiga SARning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod.

Rossiya prezidenti V. Putin Finlyandiya prezidenti S. Niinistyo bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Putin: terrorchilikka qarshi birlashib harakat qilishimiz kerak

"Tabiiyki, Suriya tez orada terrorchilik ustidan g‘alaba qozona oladi, ammo, buning uchun Turkiya bilan chegara yopilishi kerak. Sababi, terrorchilarning deyarli barchasi Suriyaga Turkiya orqali kirib kelmoqda”, — deb ta’kidladi Haddod juma kuni.

Suriya elchisining so‘zlariga qaraganda, Suriyada hukumat roziligisiz faoliyat olib borayotgan "AQSh boshchiligidagi koalitsiya “Islom davlati”ga qarshi kurash uchun emas, balki uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan”.
"Shu bois, terrorchilik ustidan g‘alaba qozonmoqchi ekanmiz, Rossiya tashabbusini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Chunki aynan Rossiya terrorchilikka qarshi kurashish uchun butun dunyo hamjamiyatini birdamlikka chorlamoqda va bunda qat’iy turmoqda. Barcha mamlakatlar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashlari kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Haddod.

Yangiliklar lentasi
0