Fransuz deputati: Pentagon Suriya hukumatini ag‘darmoqchi bo‘lyapti

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishEyfel minorasi. Parij, Fransiya
Eyfel minorasi. Parij, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyalik deputat - Duikning fikricha, Vashington O‘rta Sharqni etnik va diniy guruhlarga ajratishni maqsad qilib olgan.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Pentagonning Suriyadagi muholifatga “yordam” tariqasida qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuborish rejasi, unda SAR hukumatini ag‘darish niyati zohirligini bildiradi, deb hisoblaydi Fransiya parlamenti deputati Nikolya Duik.

Amerikalik harbiylar - Sputnik O‘zbekiston
Suriya hududiga AQShning 150 nafar askari taklifsiz kirib keldi

Bundan sal oldin, Milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSh prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rods Barak Obama mahalliy ittifoqdoshlarga yordam tariqasida 250 nafar Amerika harbiy askarlarini Suriyaga yuborishga qaror qilgani haqida xabar qilgan edi. Harbiylar Suriya muholifat kuchlariga Islom davlati terrorchilik guruhiga qarshi kurashda yordam berishi ta’kidlangan edi.

"Amerikaliklar ushbu harakatni Suriya hukumati bilan kelishmay amalga oshirganining sababi, ular amaldagi hukumatni taxtdan ag‘darishga, shuningdek, regiondagi ba’zi bir radikal islomiy guruhlarni qo‘llab quvvatlashga qaror qilgan”, — deb ta’kidladi Sputnik agentligiga Duik.

Duikning fikricha, Vashington O‘rta Sharqni etnik va diniy guruhlarga ajratishni maqsad qilib olgan. "Amerikaliklar ushbu regiondagi mavjud tuzumni ag‘darib, hokimiyatni mo‘tadil islomiy kuchlarga topshirishga urinmoqda", deb ta’kidladi fransiyalik deputat.

Yangiliklar lentasi
0