TOShKENT, 28 apr — Sputnik, Fedor Smirnov. Erdo‘g‘on Turkiya fuqarolari uchun iyun oyi oxirida Yevropa davlatlariga vizaning bekor qilinishi Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyaga qilingan marhamat emas, deya ta’kidladi, RIA Novosti xabari asosida.
YeI a’zo-davlatlari va Turkiya Bosh vaziri 18-mart kuni Turkiya orqali Misrga kirib kelgan nolegal migrantlarni ortga qaytarish hamda suriyalik qochqinlarni Turkiya hududida olib qolish haqida kelishuv imzolandi. Buning evaziga, Yevropa Ittifoqi Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilishga hamda 6 milliard yevro moliyaviy yordam ajratishga va’da bergan edi.
"Hech kim Turkiyaga himmat ko‘rsatayotgandek harakat qilishga haqli emas. Vizaning bekor qilinishi muddati men hali Bosh vazir bo‘lib faoliyat yuritayotgan vaqtimda — 2016-yil oktabr oyida ma’lum qilingandi. Qanday qilib bBu muddatning to‘rt oyga kechiktirilishini xuddi yon berishdek ko‘rsatish mumkin?”, dedi Erdo‘g‘on Xorvatiyaga uyushtirgan tashrifi chog‘ida. Uning so‘zlaridan Hurriyet nashri iqtibos keltirgan.
Erdo‘g‘on shuningdek, YeI qo‘yayotgan talablarni ham tanqid ostiga oldi. (Yevropa Ittifoqi Turkiyadan qochoqlarni qabul qilishi uchun ajratiladigan 6 milliard yevro nimalarga sarflanishi haqida hisobot talab qilgan edi.)
"Men tushunmayman, nima uchun Turkiyadan qandaydir loyihalarni taqdim etishni so‘rashayapti? (Germaniya kansleri Angela) Merkel Nizipga kelib (G‘aziantepa provinsiyasidagi qochqinlar lageri – tahr.) biz nima ishlarni amalga oshirganimizni tomosha qildi. Bizdan yana qanday loyihalarni kutishapti? Hech kim loyihalar bahonasida bizni aldashga urinmasligi kerak", — qo‘shimcha qildi u.