TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqiga a’zo-mamlakat yetakchilari Anqara bilan migrantlar kelishuvi borasida umumiy pozitsiyalarni muvofiqlashtirib oldilar. Hujjat shartlari juma kuni Brusselda bo‘lib o‘tadigan "YeI — Turkiya" sammitida muhokama qilinadi, deb ta’kidladi Lyuksemburg Bosh vaziri Ksavye Bettel.
Kelishuv nolegal migrantni legal migrantga alishtirishni ko‘zda tutadi: ya’ni, Turkiyaga Misr orollari orqali kelgan nolegal migrantlar YeI hisobidan ortga qaytariladi, har bir qaytarilgan nolegal migrant uchun Turkiyadan bitta legal migrant ko‘chirib o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, iyun oyi oxiriga qadar YeI Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilishi, Turkiyaga va’da qilingan uch milliard yevroni berishi hamda qo‘shimcha mablag‘lar berilishini tezlashtirishi, shuningdek, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kiritilishini tezlashtirishi lozim.