TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Turkiya Suriya bilan chegara qismida qo‘shimcha kuchlarni joylashtirmoqda. Jumladan, Kilis tumanida, sakson soniya ichida qirq marotaba o‘q uzadigan raketa qurilmalari o‘rnatildi, deb xabar qiladi RIA Novosti, Anadolu agentligi asoslangan holda.
Agentlikka harbiy manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning g‘arbiy hududlaridan mamlakatning janubi-sharqidagi G‘azontepa provinsiyasidagi 5-bronetank brigadasining harbiy bazasiga Suriya chegarasidagi qo‘shin qismlarini kuchaytiruvchi harbiy texnika yuklangan 13ta treyler yo‘l olgan.
Turk OAVlariga ko‘ra, Kilis tumani so‘nggi bir necha hafta davomida Suriyaning “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi nazoratida bo‘lgan hududidan bir necha bor raketa hujumiga duchor bo‘lgan. Natijada, o‘n kishi halok bo‘lgan, qirqqa yaqin inson jarohat olgan.
Dushanba kuni turk OAVlari Kilis tumaniga qo‘shimcha bronetexnika olib kirilgani haqida xabar tarqatishdi. Turkiya hududidan amalga oshirilgan artilleriya hujumi oqibatida, sakkiz jangari, shuningdk, terrorchilarning raketa qurilmasi yo‘q qilindi.