TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Afg‘onistondagi “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi jangarilari soni bir yil ichida 10 mingga yetdi, deya bayonot qildi seshanba kuni jurnalistlarga KXShT Bosh kotibi Nikolay Borduja, RIA Novosti xabari asosida.
"Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, hozirda Afg‘onistondagi jangarilar soni 10 ming nafarga yetdi, bir yil oldin esa ularning soni atigi bir necha yuz edi, xolos. Ularning son jihatdan ko‘payishi tabiiy ravishda kechapti – ularni Suriya va Iroqdan Afg‘oniston tomon siqib chiqarishmoqda. Bu biz uchun jiddiy xavf tug‘dirapti”, — deya bayonot qildi Borduja.