Davlat muassasalari uchun yagona xavfsiz aloqa standarti yaratilmoqda

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishUyali aloqa minoralari
Uyali aloqa minoralari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaratilayotgan yagona aloqa standarti eng zamonaviy LTE va TETRA standartlarida ishlaydi va xavfsiz aloqa talablariga javob beradi. Undan tashqari ushbu standart mavjud bo‘lgan texnik vositalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi vaqtda yangi tizim FSB va Aloqa vazirligi tasdig‘idan o‘tmoqda.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Sanoat va Savdo vazirligi Vladimir Putin topshirig‘i bilan Federal va regional hukumat va ular boshqaruvi ostidagi tashkilotlar uchun yagona aloqa standarti ishlab chiqarmoqda, deb yozadi RIA Novosti "Kommersant" nashriga asoslanib

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

Nashr xabariga ko‘ra, Sanoat va Savdo vazirligi zamonaviy LTE, TETRA standartlarida aloqa qilish va yangi qabul qilinayotgan qonunlar asosida aloqa xavfsizligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan aloqa standarti yaratishga kirishgan. Yuqoridagi talablarga eng yaqin darajada javob berish imkoniga ega bo‘lgan texnologiya bu – kognitiv radio texnologiyasidir (Cognitive Radio System, CRS) — deb hisoblaydi Sanoat va Savdo vazirligi. 

CRS texnologiyasi mavjud bo‘lgan apparatlar va texnik uskunalar asosida, faqat dastur o‘zgartirish yordamida xavfsiz aloqa tizimi yaratish imkonini beradi. Hozir ushbu tizim Federal Xavfsizlik xizmati va Aloqa vazirligi tasdig‘idan o‘tmoqda.

Davlat muassasalari orasida yagona aloqa tizimi yaratish xavfsizlikni kuchaytirish va davlat tashkilotlarining o‘zaro aloqalari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0