TOShKENT, 22 apr – Sputnik. Favqulodda Holatlar vazirligi va BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Toshkent zilzilasining 50-yilligi arafasida, bir qator tadbirlar o‘tkazdi, muassasa matbuot xizmati xabari asosida.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va shaharning Yunusobod tumanlarida seminarlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarlarga maktab o‘quvchilari, direktorlari va mahalla qo‘mitalari rahbarlari taklif qilindi.
“Seysmologiya instituti mutaxassislari va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi binolar zilzilaga bardosh berish xususiyatini o‘rganuvchi olimlari O‘zbekistonda yer qimirlashlari, va xususiy uylarning yer qimirlashiga bardosh berish xususiyatlari haqida aytib berishdi”, — FHV matbuot xizmati xabariga asosan.
Undan tashqari O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati yordamida favqulodda holatlarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va g‘ayrioddiy sharoitlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Oldinroq ma’lum bo‘lishicha, Favqulodda Holatlar vazirligi va BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda yer qimirlashi holatlarida to‘g‘ri hatti-harakat qilish bo‘yicha konkurs e’lon qilishgan edi.