Rossiyada migrantlarga haydovchilik qilish va ko‘cha supurish ta’qiqlanadi

© Sputnik / Aleksandr Kojoxin / Mediabankka o‘tishKo‘cha supuruvchi
Ko‘cha supuruvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Peterburg deputatlari 27-aprel kuni "Rossiyada jamoatchilik va fuqarolar xizmati to‘g‘risida" qonunchilik loyihasi yuzasidan muhokama o‘tkazadilar. Agar u tasdiqlansa, Neva shahrida migrantlarga haydovchilik qilish, enaga bo‘lib ishlash hamda ko‘chalarni supurish ta’qiqlanishi mumkin.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik, Sergey Kuznetsov. Peterburg Qonunchilik palatasi Kengashi deputatlari kelayotgan haftada migrantlar masalasiga oydinlik kiritishga bel bog‘ladilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

FMS reydi. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada noqonuniy migrantlarga "ov" boshlandi

Anoxinning so‘zlariga qaraganda, iqtisodiy inqiroz davrida boshqa mamlakatlardan kelayotganlar uchun emas, balki, rossiyaliklarga ish o‘rinlarini tashkil qilish lozim.

"To‘g‘ri tushuning, shu bugun qayoqqa qaramang, migrantlarga ko‘zingiz tushadi. Ularni ishga qabul qilishdan naf katta, chunki soliq to‘lanmaydi. Bu vaqtda esa, o‘zimizning fuqarolar, ya’ni rossiyaliklar ishsiz qolmoqda, bu holatni o‘zgartirishimiz kerak”, — deya ta’kidladi Sputnik Tojikistonga mazkur qonunchilik loyihasi muallifi Andrey Anoxin.

 Anoxinning ta’kidiga qaraganda, Brusseldagi voqealar migrantlarni nazorat ostida ushlash mumkin emasligini yana bir marta isbotladi. “Migrantlar o‘z dunyosida yashaydi, ular bir joyga to‘planib olib, o‘zlariga “yopiq hudud” yaratib olishgan, rus tilini o‘rganishni va mahalliy madaniyatni o‘rganishni xohlamaydilar”, — deb ta’kidladi deputat.
Anoxinning aytishicha, ayni vaqtda Peterburgdagi migrantlar soni 600 mingga yaqin. Moskvada esa 2 millionga  yaqin migrant bor.
Agar mahalliy hukumat vakillari Anoxin taklif qilayotgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, qonunchilik loyihasi ko‘rib chiqilish uchun Rossiya Davlat Dumasiga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0