TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekistondan Rossiya oliy ta’lim muassasalariga bu yil to‘rt mingdan ziyod talabalar qabul qilindi, deb xabar qildi juma kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev.
"Faqat joriy yilda, ya’ni 2015-2016 o‘quv yilida 4 mingdan ziyod o‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiyaning turli oliy o‘quv dargohlariga qabul qilindi", — dedi Turdenev.
MDH davlatlari orasida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladigan talabalar orasida O‘zbekiston son jihatdan yetakchi o‘rinni egallaydi, deb ta’kidladi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev, hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda ta’lim sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qo‘shimcha qildi.
Rossiyada ayni vaqtda 17 mingdan ziyod O‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Toshkentda esa Rossiya oliy dargohlariining uchta filiali faoliyat yuritmoqda: M.V. Lomonosov nomidagi MDU, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti hamda I.M. Gubkin nomidagi Neft va gaz Universiteti.