Rossiya oliy o‘quv yurtlari chet ellik talabalarga 15 ming budjet o‘rinlari berdi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishO‘quv jarayoni
O‘quv jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RUDN kafedra mudiri professor Vladimir Denisenkoning so‘zlariga qaraganda, Rossiya OTMlarida budjet asosida o‘qish uchun chet ellik talabaning bilimlari Ta’lim vazirligi belgilagan bilim darajasidan yuqori bo‘lishi kerak.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiyada chet ellik talabalarni budjet asosida qabul qilish kvotasi 2016-yilda ham 15 000 o‘rinni tashkil qiladi, dedi RUDN kafedra mudiri professor Vladimir Denisenko, RIA Novosti xabari asosida.

“Rossiyada budjet asosida o‘qish kvotasi avval yiliga 10 ming kishi edi, 2015-yildan boshlab kvota 15 mingni tashkil qildi. Agar kontrakt asosida o‘qiyotgan talaba yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, biz uni ham bepul guruhga o‘tkazishimiz mumkin. Har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi”, — dedi Denisenko.

Uning so‘zlariga qaraganda, chet ellik talabaning bilimlari Rossiya Ta’lim vazirligi tomonidan belgilangandan kam bo‘lmasligi kerak. Asosiy fanlar bu “Matematika, rus tili, va tanlangan mutaxassilik bo‘yicha fanlar. Natijalar xalqaro standart tizimiga muvofiq baholanadi”, — dedi professor.  

2015 yilda RUDN budjet kvotasi 700 kishini tashkil qildi. Kontrakt asosida ham taxminan shuncha.

Denisenkoning fikriga ko‘ra, rus tilini bilish, hozirgi kunda bituvchilarga juda yordam beradi. Ko‘p hollarda ular o‘qishni bitirgandan keyin o‘z mamlakatlarida ishlayotgan Rossiya korxonalariga ishga borishadi. Ba’zi hollarda yirik Rossiya kompaniyalari mahalliy mutaxassislarni Rossiyada o‘z mablag‘lari evaziga o‘qitishadi.

Yangiliklar lentasi
0