TOShKENT, 22 apr – Sputnik. 16 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlarga ota-ona roziligisiz Facebook, Snapchat va Twitter ijtimoiy tarmog‘iga ulanishni ta’qiqlovchi qonun Yevropa Ittifoqida 2018-yildan boshlab kuchga kiradi, deb xabar bermoqda Financial Times nashri, RIA Novosti ma’lumoti asosida.
Hozirda Facebook, Snapchat, Twitter va Instagram foydalanuvchilarining aksariyat qismini balog‘at yoshiga yetmagan bolalar tashkil qilishi qayd etilgan. eMarketer tadqiqot o‘tkazish kompaniyasi ma’lumotiga qaraganda, Buyuk Britaniyada 11 yoshdan kichik bo‘lgan har besh boladan bittasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega. Bu esa ijtimoiy tarmoq qonunchiligiga ziddir. Unga ko‘ra, Facebook foydalanuvchisining yoshi 13dan kichik bo‘lishi mumkin emas.
Nashrda ta’kidlanishicha, hozirda yirik kompaniyalar oldida ijtimoiy tarmoqdan ro‘yhatga o‘tkazish uchun ota-onalar roziligini olish masalasi turibdi.
Kiritiladigan cheklovlar aynan nimalardan iborat bo‘lishi hozircha ma’lum emas.