TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni, Turkiya, Qatar, Fransiya i Buyuk Britaniya Suriya infratuzilmasi va iqtisodiyotini barbod qilmoqchi. Ular terrorchilarni aynan shu maqsadda qurollantirishmoqda, deya bayonot qildi Suriya Bosh vaziri Voil al-Xalqiy RIA Novostiga bergan intervyusida.
"Bugun biz, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Qatar, shuningdek, Buyuk Britaniya va Fransiya singari g‘arb davlatlarida Suriyadagi siyosiy jarayonni yaxshi tomonga o‘zgartirish istagi yo‘qligining guvohi bo‘lib turibmiz. Ular mojaroni hal qilish o‘rniga terrorchilik faoliyatining yanada kengayishiga hissa qo‘shmoqda”, — dedi al-Xalqiy.
Suriya Bosh vazirining so‘zlariga qaraganda, o‘tgan haftada Turkiya chegarasidan Suriyaning Aleppo va Idlib provinsiyalariga besh mingdan ziyod jangarilar kirib kelgan.
"Bundan tashqari, bu davlatlarning barchasi Suriya infratuzilmasini yanada barbod qilib, suriyaliklarning iqtisodiy imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqchi va respublikamizni “qoloq davlat” darajasigacha turirmoqchi”, — qo‘shimcha qildi u.
"Ammo, Suriya Qurolli kuchlari, xalqimiz, Bashar Asad boshchiligidagi hukumatimiz, shuningdek, birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi, shaxsan prezident Vladimir Putin tufayli ular g‘alaba qozona olmadi. Uyushgan holda qarshilik ko‘rsatganligimiz Suriyaning mag‘lubiyatga yuz tutishiga yo‘l qo‘ymadi. Biz xalqaro terrorchilikka, birinchi navbatda, “Jabhat an-Nusra” va “Islom davlati”ga qarshi kurash olib bormoqdamiz”, — deb ta’kidladi Suriya Bosh vaziri.