TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Suriyada 2011-yildan beri davom etib kelayotgan fuqarolar urushidan yetgan zarar 200 mlrd dollardan oshdi, deb ta’kidladi SAR prezidenti Bashar Asad RIA Novostiga bergan intervyusida.
"Iqtisodiy zarar va infratuzilmaga yetkazilgan ziyon 200 milliard dollardan oshdi. Iqtisodiy muammolarni Suriyada sharoit stabillashgach hal etsa bo‘ladi. Ammo infratuzilmani tiklash ko‘p vaqtni talab qiladi”, — dedi Asad.