TOShKENT, 2 apr — Sputnik, Grigoriy Duboviskiy. Respublikachilar partiyasidan Amerika prezidentligiga nomzod Donald Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyani Shimoliy Koreyadan bo‘layotgan to‘xtovsiz po‘pisalardan himoyalash uchun ularga yadro qurolini topshirish kerak, degan taklifni kiritgan edi. AQSh prezidenti Barak Obama, juma kuni milliarder kiritgan taklifga izoh berar ekan, “Bunday narsalar bilan hazillashib bo‘lmaydi”, deb ta’kidladi, RIA Novosti xabari asosida.
"Yaponiya va Janubiy Koreya bilan ittifoqimiz — Osiyo – Tinch okeani mintaqasida ishtirok etishimiz asoslaridan biri hisoblanadi. Ishtirokimiz mintaqada tinchlik o‘rnatishga va uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu Amerika savdo sohasiga hamda mamlakatimizning dunyoda tutgan o‘rniga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shu tufayli, mamlakatlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy urushning oldi olinmoqda", — deb bayonot berdi Obama Vashingtonda o‘tgan yadro xavfsizligi sammiti yakuniga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.
"Shu tufayli, bu borada hazillashib bo‘lmaydi", — qo‘shimcha qildi Obama va Ikkinchi jahon urushi davrida mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun ko‘plab amerikaliklar o‘z hayotlarini qurbon qilishganini eslatib o‘tdi.
"Oq Uyda, bu masala qanchalik muhimligini anglamaydigan kishi bo‘lishini xohlamas edik", — deb ta’kidladi Obama.
Obama: Amerika o‘z yadro qurolini Yaponiya va Janubiy Koreyaga topshirmaydi
15:19 02.04.2016 (yangilandi: 15:38 02.04.2016)
© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Amerika yetakchisining fikricha, tobora ziddiylashib borayotgan osiyo-tinch okeani mintaqasiga ommaviy qirg‘in qurolini topshirish masalasida “hazillashib bo‘lmaydi”. "Amerikaning navbatdagi prezidenti ham xuddi shunday pozitsiyada turishiga umid qilaman", deb ta’kidladi Obama.