Deputat: Afg‘onistonga terrorchilikka qarshi kurashda qurol-yarog‘ yetishmayapti

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishAfg‘onistondagi qurollangan otrad
Afg‘onistondagi qurollangan otrad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston quyi palatasi deputati bayonotiga ko‘ra, chegaradosh mamlakatlarga terrorchilar kirib borishini to‘xtatish uchun afg‘on harbiylariga harbiy uquv hamda qurol-yarog‘ yetishmayapti.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Afg‘oniston Qurolli kuchlari terrorchilikka qarshi kurashish uchun yetarlicha qurol-aslahaga ega emas, deya bayonot qildi Afg‘oniston quyi palatasi spikeri Rauf Abdul Ibrohimiy, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Afg‘on jangchilari va Islom davlati jangarilari to‘qnashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi

"Mamlakatimiz xavfsizlik tizimlari hamda Qurolli kuchlari tarkibidagi yoshlarimiz har kuni terrorchilikka qarshi kurash olib bormoqda va o‘z xalqi, o‘z vatani xavfsizligini ta’minlamoqda. Ammo regiondagi kuchlar balansi va mamlakatning xavfsizlikka bo‘lgan o‘tkir ehtiyojini hisobga olgan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, Afg‘on Qurolli kuchlari shu kechayu-kunduzda kerakli qurol-aslahaga hamda tayyorgarlikka ega emas”, — deya ta’kidladi Ibrohimiy Moskvada o‘tgan Yevroosiyo parlamentlari spikerlari uchrashuvida.

Spiker majlis ishtirokchilaridan ushbu kurashda Afg‘on xalqi va armiyasini o‘z holiga tashlamaslikni so‘ragan. "Hamjihatlikda kurash olib borish orqaligina Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarga terrorchilar kirib borishining oldini olish mumkin",  — deya ta’kidladi Ibrohimiy.

Afg‘onistonda bahorda, tog‘larda qorlar erishi va yo‘llar ochilishi bilan, turli qurollangan guruhlar faolligi seziladi. Asosan “Tolibon” ta’siri ostida bo‘lgan ushbu mamlakatda oxirgi vaqtda“Islom davlati” ta’siri ham kuchaymoqda. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Suriyada o‘z kuchini yo‘qotgan “Islom davlati”, Afg‘onistonda o‘rnashib olishga qaror qilgan.

Afg‘oniston poytaxtida kamikadze-terrorchi tomonidan uyushtirilgan portlash buning yaqqol isbotidir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetgan, jarohat olganlar soni esa 320dan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0