Dunyoda

Yaponiyada ikki kun davomida 230 marotaba yer qimirladi

© REUTERSYaponiyadagi ikkinchi yer silkinishi birinchisiga qaraganda 16 marotaba kuchliroq boʻlgan
Yaponiyadagi ikkinchi yer silkinishi birinchisiga qaraganda 16 marotaba kuchliroq boʻlgan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shu paytga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi oqibatida 34 kishi halok boʻlgan, 1,6 mingdan ziyod insonlar jarohatlangan, 160 ming oila svetsiz qolgan.

TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. Kumamato prefekturasida yuz bergan bir qator zilzilalar natijasida, 70 mingga yaqin yaponliklar evakuatsiya uchun ajratilgan punktlarda joylashtirilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yaponiyada yer qimirlashi oqibati - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yaponiyadagi yer qimirlashda 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi
Kumamato shahridagi barcha maktablar zilziladan jabr koʻrganlar uchun boshpana boʻlib xizmat qilmoqda. Shaharga gumanitar yordam hamda 66 ming nafar kishiga moʻljallangan oziq-ovqatlar ortilgan kema yuborilgan.
Ikki kun ichida Yaponiyaning Kumamato va Oita prefekturalarida jami 230 dan ortiq yer silikinishi holatlari qayd etilgan. 160 mingga yaqin oilalar yorugʻlik nurisiz qolgani  haqida xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0