Yaponiyadagi yer qimirlashda 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi

© JIJI PRESS / AFPYaponiyada yer qimirlashi oqibati
Yaponiyada yer qimirlashi oqibati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Episentri Yaponiyaning Kumamoto viloyatida joylashgan yer qimirlashidan keyin 120 aftershok qayd qilingan. 44 mingdan ziyod odam evakuatsiya qilindi. 505 yordam berish nuqtalairi ochildi.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Yaponiyaning janubiy oroli Kusuda ro‘y bergan 6,5 balli yer qimirlashi oqibatida mingdan ziyod odam zarar ko‘rdi, RIA Novosti NHK telekanali xabari asosida.

Yaponiya rasmiylari xabariga ko‘ra 760 kishi kasalxonalarga joylashtirilgan, to‘qqiz kishi qurbon bo‘lgan.

Undan tashqari, tabiy ofat natijasida 14 ming xonadon elektr ta’minotisiz, 20 ming oila suvsiz va 6 ming oila gaz ta’minotisiz qolgan.

Payshanba kuni kechqurun bodir bo‘lgan yer qimirlashining kuchi 7 ballni tashkil qildi. Bu Yaponiya o‘lchovi bo‘yicha eng kuchli zilzila hisoblanadi. Yer qimirlashi markazi Kumamoto viloyatida joylashgan. Uning o‘chog‘i 11 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Yer qimirlashidan keyin 120ta aftershok bo‘lgan.  

Yangiliklar lentasi
0