Armaniston ShHT hamkori maqomiga ega bo‘ldi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishShHTga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlarining birgalikdagi fotosurati
ShHTga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlarining birgalikdagi fotosurati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari soni jami oltitaga yetdi. Bular: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. 2016-yilning 16-aprel kuni Pekin shahrida ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandan Armaniston Respublikasiga Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha sherigi maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladilar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

ShHT ishtirokchi davlatlar bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti MTRKning maxsus telekanali orqali translyatsiya qilinadi

ShHT Kotibiyatida bo‘lib o‘tgan marosim chog‘ida tashkilotga a’zo davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etganligi aytilmoqda.

"Armaniston respublikasiga muloqotdagi hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi, tashkilot va Armaniston munosabatlarini yangi bosqichga chiqarishda huquqiy asosni yaratib beradi. ShHT zamonaviy talablar va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish samaralarini amalda ko‘rsatib bermoqda. Bundan tashqari, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi hamkorlik kengayib borayapti", — degan Nalbandan.

"Armanistonning ShHT hamkori maqomini olishi, unga tashkilotning ko‘ptarmoqli faoliyatiga qo‘shilish imkonini taqdim etadi", — deb qayd etgan tashkilot Bosh kotibi.

"Mazkur Memorandum imzolangan sanadan e’tiboran kuchga kirdi", deyiladi xabar matnida.

Umuman, ShHT tarkibiga kuzatuvchi davlatlar va muloqotdagi hamkorlar maqomidagi davlatlar bilan birga 18 davlat kiradi.

2016 yilda ShHT sammiti 23-24 iyun sanasida Toshkentda o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0