Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti MTRKning maxsus telekanali orqali translyatsiya qilinadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishShHT ishtirokchi davlatlar bayrog‘i
ShHT ishtirokchi davlatlar bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 23-24 iyun kunlarida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ShHT sammitini yoritish uchun maxsus telekanal faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) 23-24 iyun kunlarida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ShHT sammitini yoritish uchun maxsus telekanal faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

"Biz hozirda ShHTning Toshkentdagi sammitini jonli ravishda yoritib borish uchun maxsus telekanal faoliyatini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib bormoqdamiz", — deb xabar qildi MTRKdagi manba.

5-6 aprel kunlari Pekin shahrida ShHTga a’zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Doimiy guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentdagi sammit oldidan tashkiliy masalalar muhokama etilgan.

Yangiliklar lentasi
0