MChS fuqarolarga “9 ballik zilzilani his qilishni” taklif etdi

© Motion LoopSeysmograf. Zilzila
Seysmograf. Zilzila - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila vaqtidagi xavfsizlik qoidalarini yaxshi bilgan fuqarolar MChS tomonidan ajoyib sovg‘a bilan taqdirlanadilar: g‘oliblarni seysmologik markazga sayohat, 9 ballik zilzila imitatsiyasi hamda zamonaviy smartfon kutmoqda.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston MChS xizmati va mamlakatdagi BMT Rivojlanish dasturi zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari bo‘yicha tanlov e’lon qildi, deb xabar berilgan muassasa rasmiy saytida.
Tabiiy ofat vaqtida o‘zni tutish qoidalari bilan quyidagi ilovada tanishishingiz mumkin.

Yaponiyada yer qimirlashi oqibati - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyadagi yer qimirlashda 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi

Tanlovda ishtirok etishni xohlagan barcha fuqarolar 20-aprel soat 16:00ga qadar,  tanlov@fvv.uz manzili bo‘yicha xat yo‘llab, unda zilzila vaqtida uyda, ishda, ko‘chada va boshqa joylarda qanday chora-tadbirlar ko‘rishi haqida batafsil yozishi kerak. Ishtirokchi, shuningdek, maktubda o‘z ism-sharifi, yashash manzili, telefon raqami va elektron manzilini ko‘rsatishi lozim.
20 nafar g‘olib qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. G‘oliblar ism-sharifi 21-aprel kuni e’lon qilinadi.
G‘oliblar MChS fuqarolarni himoya qilish institutidagi zilzilalar simulyatsiyasi markaziga sayohat qilib, seysmologiya rivojlanishi tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.
Bundan tashqari, Toshkentda yuz bergan 1966-yildagi zilzila va sayyoramizning turli nuqtalarida ro‘y bergan boshqa yirik zizilalar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishadilar.

Tanlov g‘oliblari maxsus jihozlangan simulyatorda 9 ballik zilzilani his qilib ko‘rishdek imkoniyatni qo‘lga kiritadilar. Shuningdek, ularga smartfon sovg‘a qilinadi.

Sovg‘alarni topshirish marosimi va ekskursiya 23-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0