TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Moskva shahri, Yarsev ko‘chasi va Rublevskoe shosse kesishmasida joylashgan quruvchilar yotoqxonasi oshxonasida ovqatdan zaharlangan migrantlarning barchasi ayni vaqtda o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi Moskva shahar Sog‘liqni saqlash departamentidan olingan xabarga tayangan holda.
"Shahar kasalxonasiga 58 kishi joylashtirilgan edi. 14-aprel, soat 10:00 holatiga ko‘ra, kasalxonaga yotqizilganlarning barchasi o‘zlarini qoniqarli his qilishmoqda. Tibbiy yordam to‘liq hajmda ko‘rsatildi”, deb xabar qilishdi departamentda.
Moskva shahrining g‘arbiy qismida joylashgan yotoqxona oshxonasida 60 nafar mehnat migrantlari ovqatdan zaharlangani haqida bugun ertalab xabar berilgan edi.