O‘zbekistonlik quruvchilar Moskvada yoppasiga ovqatdan zaharlanishdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishOshxonada tushlik vaqtida
Oshxonada tushlik vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahrining g‘arbiy qismida joylashgan ishlab-chiqarish korxonasi oshxonasida tushlik vaqti ishchilarning yoppasiga zaharlanishi holati ro‘y berdi. Jabr ko‘rganlar – O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ekanligi xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Moskva shahrining g‘arbiy qismida joylashgan yotoqxonadan O‘zbekiston va Tojikistonning 60 nafar fuqarosi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qildi payshanba kuni Moskva shahar favqulodda holatlar xizmatidagi manba.

Moskva-Siti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi o‘zini Moskvaning eng baland binosidan tashladi

Quruvchilik obyekti xavfsizlik xizmati rahbari Dmitriy Telitsin bundan sal oldin tushlik vaqtida ishchilarning yoppasiga zaharlanganliklari haqida xabar qilgan edi.

"Ovqatdan zaharlangan quruvchilar — O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari", — deb xabar qildi suhbatdosh agentlikka.

Uning so‘zlariga qaraganda, jami 60ga yaqin kishi jabr ko‘rgan. Telitsin, shu vaqtga qadar bunday voqea biror marta ro‘y bermaganligini ta’kidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0