Turkiya Misrning "jig‘iga tegishni" boshladi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev / Mediabankka o‘tishF-16 qiruvchi samolyoti
F-16 qiruvchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rtinchi kundirki, Turkiya Misr havo hududini buzishda davom etmoqda. Anqara tomonidan qilinayotgan provokatsiyalarga javoban Misr Qurolli kuchlari jangovor holatga keltirildi va harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari boshlab yuborildi, deya bayonot qildi Misr Milliy Mudofaa Bosh shtabi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik, Gennadiy Melnik. Turkiya harbiy samolyotlari payshanba kuni olti marta Misr orollari ustidan uchib o‘tdi, deya bayonot qildi Misr Milliy Mudofaa Bosh shtabi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Toska po rodine - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Saudiya qirolini rus musiqasi bilan kutib oldi

F-16 rusumidagi ikkita samolyot soat 11:33dan to 12:19ga qadar ikki marta Inusses orollari va to‘rt marta Panagiya oroli ustidan uchib o‘tganligi ta’kidlanmoqda.

Afina hukumati Turkiya tomonidan amalga oshirilayotgan provokatsiyalardan tashvishdaligini bildirmoqda. Sababi, gap havo hududi buzilishi haqidagina emas, balki, mamlakat piyoda qo‘shinlari harbiy qismlari joylashgan orollar ustida amalga oshirilayotgan parvozlar haqida bormoqda.

Misr Bosh shtabi vakilining so‘zlariga qaraganda, ushbu holat tufayli, Misr Qurolli kuchlari jangovor holatga keltirilgan, harbiy aviatsiya va piyoda qo‘shinlari ishtirokida harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, regionda Havo Mudofaa Hujumiga qarshi tizim ham ishga tushirilgani aytilmoqda.
Misr hukumati ta’kidiga qaraganda, Turkiya bundanda keng ko‘lamli provokatsiyalarga borishi mumkin.

“Turkiya harbiy samolyotlari parvozi 20 ming futdan baland masofada amalga oshirilib, qisqa fursat davom etmoqda. Aynan shu holat ularni tutishda qiyinchilik tug‘dirmoqda”, — dedi Bosh shtab vakili.
“Turkiyada ichki muammolar paydo bo‘lgan taqdirda, ularni ekport qilishga urinadi. Bu qadimdan ma’lum, shu bois, harbiy kuchlar bunga tayyor turishi kerak”, deb ta’kidladi manba payshanba kuni agentlikka.

Yangiliklar lentasi
0