TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni qiroli Salman ben Abdul Aziz Al-Saudni Anqarada rasmiy kutib olish marosimida orkestr 20-asr boshida yaratilgan “Vatan sog‘inchi” nomli rus musiqasini chaldi.
Turkiyaning bir necha telekanallari ushbu marosimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etdi.
20 asr boshlaridya yaratilgan ushbu musiqa Birinchi Jahon urushi davrida juda ommaviylashgan edi. O‘shanda Rossiya va Turkiya qarama-qarshi tomonda turib kurashgan edi.
Marosimdan keyin Turkiya bu "Dumlupinar" marshi “Vatan sog‘inchi” emas deb e’lon qildi, lekin mutaxassislar fikriga ko‘ra, Saudiya Arabistoni qirolini kutib olishda yangragan musiqa aynan "Vatan sog‘inchi" bo‘lgan. Bunga quyidagi videolavhalardan o‘zingiz amin bo‘lishingiz mumkin.
Mana bu esa — haqiqiysi…