TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb yaqin orada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishiga ishonmasligini ta’kidladi. “Agar sanksiyalar kiritilishda davob etaversa, Rossiya bunga javoban qarshi choralar ko‘radi. Rossiya ham cheklovlar muddatini uzaytiradi”, dedi Putin.
"Bizga nisbatan sanksiyalar yaqin orada bekor qilinadi, deb o‘ylamayman. Ular (G‘arb, tahr) boshi berk ko‘chaga kirib qolganini tan olishni xohlamayapti. Shu bois, nimadir o‘ylab topishda, sanksiyalarni uzaytirishda davom etishmoqda. Demak, biz ham tegishli cheklovlar muddatini uzaytirishda davom etamiz, G‘arbda ishlab chiqariladigan mahsulotlar Rossiya bozoriga kiritilmaydi”, dedi Putin rossiyaliklar bilan jonli muloqot davomida.