TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Bundan tashqari prezident uni hech qachon yomon ko‘rgan ishni qilishga majbur etishmaganini aytdi.
“Jonli muloqot” vaqtida Vladimir Putinga Sankt-Peterburglik Anastasiya Zayseva, "Kashalarga qanday munosabatdasiz?", "Bolaligingizda hamma kashalarni yaxshi ko‘rganmisiz?", "Va sizni suymagan kashangizni yeyishga majburlashganda, nima qilgansiz?" degan savollarni berdi.
"Meni hech qachon men xohlamagan ishni qilishga undashmagan, kashalarga keladigan bo‘lsak, men ularni suyub iste’mol qilaman, hozirgi kunda ham”, — deb javob qaytardi Putin.
"Kashaga nisbatan munosabatingiz o‘zgardimi?" degan savolga esa, “Ha, faqat yaxshi tomonga”, deya javob qaytardi va “Tishlaring qancha kam bo‘lsa, yumshoq ovqatlarni shunchalik yaxshi ko‘rishni boshlaysan”, — deya hazil qildi.