Lavrov: Rossiya AQShning dushmanlik harakatlariga ayovsiz javob qaytaradi

© MID RF / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rahbari Sergey Lavrov
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh amaldorlarining "bosqinchilik" kayfiyati o‘tmishda qolib ketmog‘i shart, ayniqsa, endi - Vashington murakkab muammolarni yakka hal qila olmasligi ma’lum bo‘lgan bir paytda, deb ta’kidladi Rossiya TIV rahbari.

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Rossiya faqat o‘z manfaatiga xizmat qiladigan sohalarda AQSh bilan hamkorlik qiladi, Vashington tomonidan qilinadigan har qanday dushmanlik harakatiga esa ayovsiz javob qaytaradi, deb ta’kidladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov REN-TV telekanaliga bergan intervyusida, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: AQSh Rossiyani yakkalab qo‘yish mumkinmasligini tushundi

"Vashington hammaga ham o‘z hukmini o‘tkaza olmaydi. AQShning “bosqinchilik” kayfiyati, shak-shubhasiz, o‘tmishda qoladi. Bu jarayon oson kechmasligi va ma’lum vaqtni olishi tabiiy. Ammo biz buni tushungan holda, hammasi ortda qolishini, vashingtonlik siyosatchilar miyasida evrilish ro‘y berib — yangi voqelik zich bo‘lib joylashishini sabr bilan kutamiz. Bu vaqt oralig‘ida esa manfaatimizga xizmat qiladigan sohalarda ular bilan hamkorlik olib boramiz. Ammo amerikaliklar tomonidan bizga nisbatan qilinadigan har qanday dushmanlik harakatiga ayovsiz javob qaytaramiz", — deb ta’kidladi u.

Rossiya TIV rahbari shuningdek, jiddiy muammolarni yakka hal qila olmasligini AQShning o‘zi ham anglay boshlaganiga ishora qildi.

"Zamon o‘zgarmoqda, men bunga falsafiy qarayman. Hech kim va hech narsa nazorat qilmaydigan qudratga ega bo‘lishlik, menimcha, bo‘shashtiradi va ma’lum ma’noda ahloqiy buzuqlikka olib keladi. Amerikaliklar vujudga kelayotgan jiddiy muammolarni endi yolg‘iz bartaraf etolmaydigan darajaga kelib qolganliklarini anglab yetdilar. Ular, hatto, qadimdan o‘zlariga ittifoqdosh bo‘lib kelgan mamlakatlarga ham ta’sir o‘tkazolmayapti. Suriyadagi urushni bartaraf etish uchun amerikaliklarning Turkiyaga qo‘ygan talablari Anqara tomonidan inkor qilingani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Amerikaliklar Suriyada qurdlar bilan hamkorlik qilmoqda, Anqara esa “Qurdlar Demokratiya ittifoqi” partiyasi (AQSh hamkori va ittifoqdoshi)ni terrorchilik uyushmasi deb e’lon qildi va qurdlarni o‘z hududidan turib o‘qqa tutmoqda. Biz amerikaliklar e’tiborini bu masalaga bir necha bor qaratdik. Turkiya hatti-harakatlari barcha kelishuv va rezolyutsiyalarga zid ekanligini ta’kidladik. Amerikaliklar esa bunga javoban, nigohlarini yerga qaratib, fikrimizga  qo‘shilishlarini, ammo kimnidir tinchlantirish uchun vaqt kerakligini aytdilar”,- qo‘shimcha qildi Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0