O‘zbekiston fuqarosi o‘zini Moskvaning eng baland binosidan tashladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tish"Moskva-Siti"
Moskva-Siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi “Moskva-siti” osmono‘par binosidan sakrashi natijasida, halok bo‘lgan. Ushbu fakt yuzasidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi osmono‘par bino — "Moskva-siti"dan yiqilib, halok bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish xodimlari fikriga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi chorshanba kuni Moskva shahri bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbarining katta yordamchisi Yuliya Ivanova.

Ivanovaning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 1994-yilda tug‘ilgan. Huquqni muhofaza qilish organidagi manba bergan ma’lumotga qaraganda, marhum svarkachi bo‘lib ishlagan.

"Erkakning halok bo‘lganligi yuzasidan Moskva markazida tergov oldi surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda", — dedi Ivanova.

Yangiliklar lentasi
0