TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekistonda bir vaqtlar eng katta bo‘lgan “Lazzat” qandolat fabrikasini qayta tiklash rejasi amalga oshirilmoqda. Gonkingning Torutem Business Limited kompaniyasi korxonani yangilashga 5 mln $ mablag‘ kiritishga qaror qilgan, bu haqda Sputnik muxbiriga “O‘zbekoziqovqatxolding” vakili xabar berdi.
O‘tgan yilning oxirida chet el sarmoyadorlari yordamida fabrikada biskvitlar ishlab chiqarish boshlandi. Albatta bu ulkan fabrika quvvatining bir kichik qismi xolos. Bir vaqtlar 20 xildan ortiq qandolat mahsulotlari ishlab chiqarib nafaqat O‘zbekistonga balki qo‘shni respublikalarga ham eksport qilgan “Lazzat” qandolat fabrikasi 90-yillarda turli sabablarga ko‘ra bankrot bo‘lgan edi.
“Gonkonglik kompaniya karamel ishlab chiqarish bo‘yicha bir necha texnologik tizimlar qurilishiga sarmoya kiritmoqchi. Ularning asosiy maqsadi – zamonaviy, Rossiya, MDH va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir”, — dedi xolding vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, sarmoyadorlarni qulay ligistika, O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan imtiyozlar, katta ichki bozor va MDH bozoriga oson chiqish imkoniyati qiziqtirgan.
Bu yil investorlar ishlab chiqarishni rivojlantirishgan 3 mln dollar kiritmoqchi. Loyiha 2017-yilda yakunlanishi kutilmoqda. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushganidan keyin yiliga 8 ming tonnadan ziyod karamel mahsulotlari ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Aytib o‘tish kerakka, Rossiyaning "Obyedinennie konditeri" xoldingi Toshkent viloyatida qurilishi ko‘zda tutilgan ushbu kabi loyihani noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu Rossiya iqtisodiyotidagi qiyinchiliklar va valyuta kurslarining keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan.