TOShKENT, 19 noya — Sputnik. 1990 yillarda iqtisodiy inqirozga uchragan “Lazzat” qandolat fabrikasi bugun qayta tug‘ilmoqda, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.
Bir vaqtlar respublikada eng yirik qandolat fabrikasi bo‘lgan “Lazzat” yana ishga tushdi. Korxonaning birinchi, biskvit mahsulotlar ishlab chiqarish tizimini ishga tushirish uchun sarmoyadorlar katta ishlarni amalga oshirishdi.
Oziq-ovqat sanoati assotsiatsiyasining Qandolat mahsulotlari tarmog‘i rahbari Nafe Osmanovning so‘zlariga qaraganda, hozir korxonaga teng xo‘jayin bo‘lgan O‘zbekiston va Tailandlik sarmoyadorlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oldingi darajaga yetkizish niyatida. Korxonani qayta ishga tushirish uchun kiritilgan sarmoya tijorat siri bo‘lganligi uchun e’lon qilinmadi.
Nafe Osmanovning so‘zlariga qaraganda, ushbu korxona ikkinchi bor sarmoyadorlar qo‘lidan qo‘liga o‘tmoqda. 7-8 yil oldin korxona sexlarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilingan edi, lekin bu urinish muvaffaqiyatli bo‘lmagan edi. Hozir yangi sarmoyador ishga kirishgan va buning birinchi samaralari ham sezilmoqda.
“Ushbu korxonani ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha ulan ishlar amalga oshirildi. 1963-yilda qurilgan korxonaning barcha kommunikatsiya tizimlari allaqachon ishdan chiqqan. Sarmoyadorlar xususiy va kreditga olingan mablag‘lar yordamida korxona kommunikatsiyalarini, asbob-uskunalarini almashtirdi va nihoyat uni ishga tushirishdi. Korxona quvvati sutkasiga 15 tonna biskvit ishlab chiqarishga yetadi”, — deydi assotsiatsiya vakili.
Hozir, navbatda 8ta karamel ishlab chiqarish tizimini ishga tushirish. Buning uchun sex binosi tayorlangan. Italiyada ishlab chiqarilgan yangi uskunalarning umumiy narxi 10 mln dollarni tashkil qiladi. Yaqin kunlar ichida uskunalar korxonaga yetib kelishi kutilmoqda. Ular o‘rnatilganidan keyin yangi mahsulot chiqarish boshlanadi.
Bu bilan bir qatorda xom-ashy yetkizib berish masalasi ham hal qilinmoqda.
“Bugungi kunda Respublika o‘zini o‘zi shakar mahsulotlari bilan to‘laligicha ta’minlamoqda. Lekin karamel konfetlar ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan qiyom (patoka) masalasi qiyinroq. Bir tonna konfet ishlab chiqarish uchun 300 kilogram kraxmal qiyomi kerak bo‘ladi”, — deydi Nafe Osmanov.
Ushbu mahsulotning bir qismi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi, lekin bu yetarli emas. Agar ushbu mahsulotni yetkizib berish yo‘lga qo‘yilsa, ishlab chiqaruvchilar uchun muammolar kamayar edi.
“Lazzat” qandolat fabrikasi, inqirozga uchramasdan oldir respublikada eng yirik qandolatchi bo‘lgan. Korxona shokoladli konfetlar, zefir, marmelad, pechene, iris, karamel va boshqa mahsulotlar ishlab chiqargan.