Kiselev: tanqid - mening vazifam emas

Obuna bo‘lish
“Rossiya segodnya” Xalqaro axborot agentligining bosh direktori Dmitriy Kiselev jurnalistlar savoliga javob berarkan, Belorus hukumatini tanqid qilish haqida, Rossiya-Belorus munosobatlari haqida gapirdi. Ushbu savol-javobni quyidagi videolavhamizda tomosha qiling.

Belorus jurnalistlarning hukumatini tanqid qilish haqidagi savoliga Kiselev “tanqid — mening vazifam emas” deb javob berdi.

“Bizning maqsad – rivojlanish yo‘llarini izlash va ijobiy hujum. Tanqid masalasiga kelsak… Bizda hali tanqid qilish madaniyati yetarlicha rivojlanmagan – odamlar darhol shaxsiyatga o‘tib ketishadi, bir-birini haqorat qilishni boshlaydi, hatto bir-birga yomonlik qilishga o‘tadi. Ukraina bilan xuddi shunday vaziyat ro‘y berdi. Oqibatda mamlakat arosatda qolib ketdi. Na u yoqlik na bu yoqlik. Buni kuzatish — juda og‘ir”, — dedi Kiselev.

Sputnik Minske multimedia markaz ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Minskda yangi matbuot markazi ochdi

Eslatib o‘tamiz, kecha Belorussiya poytaxti Minskda Sputnik yangi multimedia axborot markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Marosimda Belorussiya Axborot vaziri Liliya Ananich, Rossiyaning Belorussiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Surikov va “Rossiya segodnya” mediaguruhining bosh direktori Dmitriy Kiselev qatnashdi. 

Yangiliklar lentasi
0