Sputnik Minskda yangi matbuot markazi ochdi

© Sputnik / Viktor TolochkoSputnik Minske multimedia markaz ochdi
Sputnik Minske multimedia markaz ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaz ochilish marosimida Moskva va Minsk orsida videoko‘prik tashkil qilindi. Belorussiya Axborot vaziri loyihaning Belorussiya va Rossiya foydasiga ishlashida muvaffaqiyat tiladi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi va radio Minskda  multimedia matbuot markazi ochdi. Ochilish marosimi Belorussiya va Rossiyaning strategik hamkorlik haqidagi birinchi shartnoma tuzilganinining 20-yilligi arafasida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Belorussiya Axborot vaziri Liliya Ananich, Rossiyaning Belorussiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Surikov va “Rossiya segodnya” mediaguruhining bosh direktori Dmitriy Kiselev qatnashdi.   

Uchrashuvning bosh mavzusi bu ikki mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilmiy, ta’lim va sport sohalaridagi eng muhim voqealarni keng yoritish masalalari bo‘ldi.

“Haqiqatda bu Moskva va Minsk orasida strategik axborot ko‘prigi qurish degani. Sputnik yangi va zamonaviy matbuot markazi ochishi bilan yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu Belorussiya poytaxtini dunyoning bir necha mamlakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘ladi, chunki Sputnik vakolatxonalari dunyoning bir necha o‘nlab mamlakatlarida bor”, — dedi Dmitriy Kiselev.  

Minskda joylashgan Sputnik multimedia markazi – bu yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy axborot maydonchasi bo‘lib, turli tadbirlar o‘tkazish imkonini beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri televizion translyatsiyalardan tortib, dunyoning bir necha mamlakatlari bilan videoko‘priklar o‘rnatishgacha. 40 kishiga mo‘ljallangan shinam va qulay matbuot zali, axborotni qabul qilishga va uzatishga, wi-fi orqali, mo‘ljallangan infraqurilma, sinxron tarjima tizimi mehmonlar va jurnalistlar ixtiyorida.

Yangiliklar lentasi
0