Vladimir Putin bilan “ochiq muloqot” 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti Vladimir Putin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-aprel kuni xalq bilan “ochiq muloqotga” chiqadi. O‘tgan yilgi 3 soatu 57 daqiqa davomida davom etgan “to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot” davomida Putin 74ta savolga javob bergan.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik.  "Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot-xizmati.

Vladimir Putin chiqishini internet saytlari orqali kuzatish mumkin.

Bundan oldingi "ochiq muloqot" 2015-yilning 16-aprelida bo‘lib o‘tgan va 3 soatu 57 daqiqa davom etgan. Bu vaqt oralig‘ida ossiya prezidenti 74ta savolga javob bergan. Putin bilan muloqotga chiquvchilar soni esa 3 milliondan ortiqni tashkil etgani qayd etilgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, 2015-yilgi o‘n uchinchi “to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot” rekord natija qayd etilgan. Prezident chiqishini o‘shanda 8,4 million tomoshabin to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan. 2014-yilda translyatsiyani 7 millionga yaqin kishi kuzatgan bo‘lsa, 2013-yilda bu ko‘rsatkich – 6 millionga yaqinni tashkil qilgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0