Niderland aholisi Yevropaning Ukraina bilan ittifoqiga qarshi ovoz berdi

© Robin van Lonkhuijsen / ANP / AFPNiderland referendumi
Niderland referendumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha o‘tkazilgan referendumda aholining 61,1 % Yevropa-Ukraina ittifoqiga qarshi ovoz berdi. Referendumda qatnashuvchilar aholining 32,2 % foiini tashkil qildi. Ovoz berish qonuniy deb topilishi uchun aholining 30% ko‘pi qatnashishi kerak.

TOShKENT, 7 apr —Sputnik. Niderlandda o‘tkazilgan referendumda aholisi Yevropa Ittifoqining Ukraina bilan ittifoqiga qarshi ovoz berdi,  RIA Novosti BNO News xabariga ko‘ra.

Kecha o‘tkazilgan referendumda aholining 38,1 % Yevropa – Ukraina ittifoqi uchun ovoz berdi,  61,1 % esa bunday birlashuvga qarshi ovoz berdi. Referendumda jami  aholining 32,2 % qatnashdi. Yakuniy natija 12-aprel kuni e’lon qilindi.

Biroz oldin, Niderland bosh vaziri Mark Rutte, referendum natijasiga ko‘ra, Ukraina bilan tuzilgan shartnoma qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini xabar bergan edi.

Amsterdam shahar ko‘rnishi - Sputnik O‘zbekiston
Niderland aholisining uchdan biri Ukrainani YeIda ko‘rishni istamayapti

Referendum yakuniy natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining ko‘pchilligi Ukraina bilan Ittifoqqa qarshi ovoz bersa, Yevropa-Ukraina ittifoqi haqidagi shartnoma qayt ko‘rib chiqilib unga o‘zgartirishlar kiritiladi va boshqatdan referendum o‘tkaziladi. Bu shartnoma kuchga kirshini yanada uzoqqa cho‘zadi. 

Shartnoma umuman qabul qilinmasligi uchun Yevropa Kengashi unga qarshi ovoz berishi kerak, lekin siyosiy nuqtayi nazardan YeK bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shunday ekan, oxir oqibat, shartnoma baribir qabul qilinadi, lekin juda cheklangan miqdorda, faqat Ukraina va Yevropa o‘rtasida Erkin savdo zonasi tuzish bo‘limida. Jon-jahdi bilan Yevropaga intilgan Ukraina uchun bundan foyda bo‘larmikin?

 

Yangiliklar lentasi
0