Niderland aholisining uchdan biri Ukrainani YeIda ko‘rishni istamayapti

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishAmsterdam shahar ko‘rnishi
Amsterdam shahar ko‘rnishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Niderland aholisining uchdan biri (33%) ukrainaning YeIbilan siyosiy va iqtisodiy birlashuvini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ushbu ma’lumot Populus izlanishlar kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasida aniqlandi.

TOShKENT, 5-aprel, Sputnik matbuot xizmati, — Sputnik.Mneniya so‘rovi natijasiga ko‘ra, Niderland aholisining uchdan biri (33%) ukrainaning YeIbilan siyosiy va iqtisodiy birlashuvini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ushbu ma’lumot Populus izlanishlar kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasida aniqlandi.

Niderland mamalkatlarida Yevropa Ittifoqi va Ukraina orasida siyosiy hamda iqtisodiy birlashuvi haqida referendum bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu Ukraina yevropa Ittifoqining to‘laqonli a’zosi bo‘lishi uchun dastlabki qadamga aylanishi kerak. Sputnik o‘tkazgan so‘rovga binoan Niderland aholisining uchdan biri – 33 %, ya’ni 3,5 mln kishi Ukraina va YeI birlashuviga qarshi. Ushbu masalaga betaraf bo‘lganlar soni ham ko‘pchillikni tashkil qildi – 28%, aniq qarorga kelmaganlar soni esa – 20 % ni tashkil qildi. Birlashuv tarafdorlari soni esa – 19%ni tashkil qildi.

Yevropa aholisi oldin ushbu kabi referendumlar Yevropaning barcha mamlakatlarida o‘tkazish tarafdori ekanligini bildirgan edi. “Siz Ukrananing YeI bilan birlashuvi tarafdorimisiz” degan savolga Italiyaliklarning  66 %, nemislarning 63 % va fransuzlarning 63 %, boshqa mamalkatlar bilan birlashish masalasini umumxalq referendumida orqali hal qilish istagini bildirgan edi.

So‘rov Niderland mamlakatlarida Populus tadqiqotlar kompaniyasi tomonidan 2016-yilning 4-9 mart kunlari o‘tkazildi. So‘rovda 1004 kishi qatnashdi. So‘ralganlar 18 yoshdan katta bo‘lib, ularning jinsi, turar joyi, kasbi ham aniqlangan.

Sputnik.Mneniya loyihasi haqida

Sputnik.Mneniya  - jamoat fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshlagan. Loyiha hamkorlari taniqli Populus, Ifop va Forsa tadqiqotlar o‘tkazish kompanpiyalaridir. Sputnik.Mneniya doimiy ravishda Yevropa va AQShda eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamoat fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanandi.

Sputnik (sputniknews.com) – o‘nlab mamlakatlarda multimedia axborot xablari bo‘lgan radio va axborot agentligidir. Sputnik 30dan ortiq tillarda axborot agentligi, radio eshittirishlar olib boradi va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritadi. Yangiliklar lentasi kecha-kunduz inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.

Sputnik.Mneniyaning boshqa izlanishlari bilan tanishing:

http://sputniknews.com/trend/sputnik_polls_2016/

Yangiliklar lentasi
0