Erdo‘g‘on Qorabog‘ mojarosida Rossiyani aybladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rossiya Gruziyada, Ukrainada yuz bergan mojarolar tarafdori bo‘lgan, mana endi u hozir Suriyadagi mojaro tomon bo‘lmoqda, deya bayonot qildi. Shu bilan birga, Erdo‘g‘on Qorabog‘ inqirozida Anqara har doim Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlaganini yashirib o‘tirmadi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiyani Tog‘li Qorabog‘da yuz bergan mojaroda aybladi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Bundan sal oldin Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya Tog‘li Qorabog‘da vaziyat ziddiylashishida Turkiya aybdor  emas, deya bayonot qilgan edi.

"Rossiya — Turkiya Qorabog‘ mojarosi tarafdori, deb aytmoqda. Aslida esa, bu mojaro tarafdori – Rossiya”, — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on, Anqaradagi qishloq ma’muriyati qarshisida chiqish qilar ekan. “Rossiya Gruziya va Ukrainada mojaro yuz berishi tarafdori bo‘lgan, hozir esa u Suriyadagi mojaro tarafdori”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Qorabog‘dagi mojaroga keladigan bo‘lsak, Turkiya prezidentining ta’kidiga qaraganda, Armaniston Ozarbayjon tutgan yo‘ldan borib, o‘t ochishni to‘xtatishi lozim. “Agar bu amalga oshmasa, barcha ayb Armaniston zimmasida bo‘ladi”, — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, 2-aprelga o‘tar kechasi Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon-Armaniston nizosi yana yangilandi. Armanistonlik harbiylar tomonidan Ozarbayjon vertoloti urib tushirilgan va shundan so‘ng qarshi tomondan artilleriya orqali javob zarbalari yo‘llangan.

Tog‘li Qorabog‘dagi ahvol - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Qorabog‘ mojarosi, aholisining asosiy qismi armanlardan tashkil topgan Tog‘li Qorabog‘ 1988-yilda Ozarbayjon tarkibidan chiqishini e’lon qilgach boshlangan. Tog‘li Qorabog‘ aholisining 99,89 foizi Bokudan to‘liq mustaqil bo‘lishni yoqlab chiqqan referendumdan keyin, keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlangan. 1994-yil may oyida sulh tuzish haqidagi kelishuvlar kuchga kirdi. Hududlar chegarasida doimiy ravishda beqaror vaziyat saqlanib keladi.
O‘zbekiston Qorabog‘ni Ozarboyjonning tarkibida deb biladi va bu masala xalqaro huquq talablari asosida hal qilinishi kerak, deb keladi.

Yangiliklar lentasi
0