TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiyaning Suriya tinchlik muzokaralarida mojaroda barcha tomonlar, jumladan qurd millati vakillari ham qatnashishini haqidagi arizasi g‘arb mamalakatlari tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, bu haqida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin xabar qildi.
Churkin Suriya qurdlari Jenevadagi muzokaralarga taklif qilinmaganligidan o‘zining xavotirida ekanligini ma’lum qildi. Vakilning fikriga ko‘ra bu holat BMTning barcha tamoyillariga qarshi.
“Bu loyiha to‘xtatib qo‘yilgani bizni hayron qoldirdi. Ukraina delegatsiyasi ham bunga o‘zining buzg‘unchilik hissasini qo‘shdi”, — dedi Rossiya vakili.
Diplomatning fikriga ko‘ra, Suriya jamoatchiligining tinchlik muzokaralarida to‘liq tarkibda qatnashishi juda muhim masala, chunki u yerda Suriya davlatining kelajakdagi siyosiy tuzilishi masalalari muhokama qilindi.
“Bu, ba’zi hududiy davlatlar xoxishiga binoan yokli ularning tayziqi ostida qilingan bo‘lishi mumkin”, — dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Suriya tinchlik muzokaralari Jenevada 14-martdan boshlab qayta boshlandi. Ikki hafta davom etgan maslahatlarda qurdlar vakillari qatnashmadi. BMT xabariga ko‘ra, muzokaralarning keyingi bosqichi 11-aprelda boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz 27-fevraldan boshlab Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tizimi kiritilgan. “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotlari uchu bu tartib amal qilmaydi.