TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Suriya qurdlari AQSh ularni tez orada sotishlariga tayyor turishlari lozim, deb yozadi The Nation nashri tahlilchisi, AQSh Davlat departamenti sobiq xodimi Jeyms Karden, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Qurdlar “Islom davlati” bilan kurashda eng samarali kuch hisoblanadi. Ammo AQSh va G‘arbdagi qurdlarning ittifoqdoshlari tez orada ulardan voz kechadi”, — deb yozadi Karden.
Kardenning fikriga ko‘ra, Vashington qurdlarni terrorchilar deb hisoblaydigan Turkiyaga xayrixohlik bildirayotgani buning eng birinchi belgisi hisoblanadi.
Karden shu yerda Amerika prezidenti tomonidan yaqinda Anqara foydasiga aytilgan bir gapni misol keltiradi: fevral oyi o‘rtasida Barak Obama, qurdlar vujudga kelgan vaziyatdan yangi hududlarni zabt etish uchun foydalanmasliklari lozimligi haqida gapirgan. Obama shuningdek, Turkiyani NATO bo‘yicha ittifoqdoshi sifatida ham qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tgan.
Obamaning ta’kididan so‘ng, Turkiya Bosh vaziri Anqara Suriya shimolidagi qurdlarni bombardimon qilishda davom etishini baralla aytgan edi, deb yozadi Karden.