Rossiya Milliy gvardiyasiga qurol ishlatish va shubhali shaxslarni hibsga olish huquqi berildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishRossiya harbiy xizmatchisi
Rossiya harbiy xizmatchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiya Davlat Dumasiga Milliy gvardiyani tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritdi. Jumladan, harbiy xizmatchilar hujjatlarni va shubhali shaxslarni tekshirish, kishilar hayotini saqlab qolish uchun turar joylarga kirish huquqiga ega bo‘lishlari aytilmoqda.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik.  Vladimir Putin Rossiya Davlat Dumasiga milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi, RIA Novosti xabari asosida.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Milliy gvardiya tashkil qilindi

Bundan bir kun oldin Rossiya prezidenti mamlakat IIV ichki harbiy qism bazasida Milliy Gvardiya tashkil etilishi haqida e’lon qilgan edi. Ijro hukumatiga qarashli yangi federal organ terrorchilik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish bilan shug‘ullanishi ta’kidlanmoqda.
Qonunloyihasida Milliy gvardiya qo‘shinlari prezident qarori bilan masalalarni hal etishda qurolni ishga solishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Ammo harbiy xizmatchilar homilador ayollarga, nogironlarga va bolalarga qarata o‘q uza olmasliklari ta’kidlangan. Ular qurol bilan qarshilik ko‘rsatishi holatlari bundan istisnoligi qo‘shimcha qilingan.

Milliy gvardiya qo‘shinlari: hujjatlarni tekshirishi, shubhali shaxslarni qo‘lga olish va ularni nazoratdan o‘tkazish, qamoqdan va ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan, o‘z joniga qasd qilishga uringan va qamoq jazosidan bosh tovlayotganlarni qo‘lga olish, shuningdek, odamlar hayotini saqlab qolish uchun turar-joylarga kirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va FH e’lon qilish huquqiga ega ekanliklari qonunan belgilandi.

Qonun loyihasida Rossiya Milliy gvardiyasi garovga olingan insonlarni qutqarish va ommaviy tartibsizliklarning oldini olish uchun jangovor yoki maxsus texnikalardan, jumladan, vodomot va bronemashinalardan foydalanish huquqiga ega ekanliklari ko‘rsatib o‘tilgan.
Milliy gvardiya, agar sustkashlik qilish kishilar hayotiga xavf soladigan bo‘lsa, jismoniy kuch yoki qurol ishlatishi haqida ogohlantirmaslik huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0