TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIVning Ichki kuchlari OMON va SOBR asosida yangi muassasa – Milliy gvardiya tashkil qilinganligini e’lon qildi.
“Umid qilamanki, milliy gvardiya kuchlari bugungi kunga qadar bo‘lganidek samarali ishlashda davom etadi va kelajakda ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini kuchaytiradi”, — dedi Vladimir Putin.
Milliy gvardiyaga Ichki qo‘shnlar rahbari, Ichki ishlavr vaziri o‘rinbosari, armiya generali Viktor Zolotov boshliq etib tayinlanadi.
Qo‘yilgan vazifalar samarali bajarilishi uchun, prezident Ichki ishlar vazirligiga boshqaruviga Federal Migratsiya va Federal Narkotiklarni nazorat qilish xizmatlarini topshirdi.