IShID Afg‘onistonda yashirin kuch to‘plamoqda

© AP/ str/Haider ShahToliban vakillari
Toliban vakillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Qobulov IShID Afg‘onistonni o‘zining bo‘lajak ekspansiyasi uchun plasdarm vazifasida tanlaganini xabar qildi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik.  Rossiya TIVning 2-Osiyo bo‘limi boshlig‘i va Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Qobulov Afg‘onistondagi vaziyat haqida intervyu berdi, RIA Novosti "Izvestiya" gazetasi xabariga asosan.

Zamir Qobulovning aytishiga qaraganda, hozir IShID jangarilari Afg‘onistonda, faqat ular o‘zlarini sezdirmasdan yurishibdi. Ular hal qiluvchi harakatlar uchun kuch to‘plamoqda. Ular o‘z kuchini Afg‘oniston hukumati va AQShga qarshi kurashlar uchun sarflashdan tiyilishmoqda. Ularga Afg‘oniston kerak emas, ular bu yerdan navbatdagi harakatlari uchun plasdarm sifatida foydalanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tolibon IShIDga maktub yo‘llab, ularning Tolibonning Afg‘onistondagi faoliyatiga aralashmasligini talab qilgan edi. Shunga qaramasdan, Afg‘oniston Sharqida  IShIDga aloqador guruhlar paydo bo‘lgan. Hozir ular Toliblarga qaraganda kuchsizroq, shuning uchun Toliblar bilan jang qilmoqchi emasligini bildirmoqda. O‘tgan davr mobaynida guruhlar orasida bir necha to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Afg‘oniston hukumati esa, hozircha juda zaif va vaziyatga ta’sir o‘tkaza olmayapti. Tolibon va boshqa qurollangan guruhlar bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish haqidagi bir necha urunishlar natija bergani yo‘q.

Qobul shahri. - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston: toliblar svetni o‘chirib qo‘ydi

AQShning Afg‘onstondagi harbiy kulari qo‘mondani general Djon Nikolson Reuters agentligiga bergan intervyusida 2017-yil boshida Afg‘onistondagi vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin va AQSh boshqatdan qurolli kuchlarini bu yerga kiritishga majbur bo‘lishini xabar bergan edi. Generalning fikriga ko‘ra, buning sababi Afg‘oniston hukumati va harbiy kuchlarining mamalkat hududini yetarlicha nazorat qila olmayotganidir.

Zamir Qobulov vaziyat haqiqatdan ham shunday ekanligini va hukumat hozirgi kunda faqat poytaxt va yirik ma’muriy markazlarni nazorat qilayotganini, toliblar esa mamlakatning qolgan 70% ni o‘z nazorati ostiga olganini xabar berdi.

Yangiliklar lentasi
0