Armaniston prezidenti Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan Milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishArmaniston prezidenti Serj Sargsan
Armaniston prezidenti Serj Sargsan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni Qorabog‘dagi mojaro hududida otishma boshlaganlikda ayblamoqda. Armaniston esa “ozarbayjon tomonidan amalga oshirilgan tajovuzkorona harakatlar” haqida xabar qilmoqda.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik, Gamlet Matevosan. Armaniston prezidenti Serj Sargsan shanba kuni kechqurun Milliy xavsizlik kengashi yig‘inini chaqirdi, deb xabar qilmoqda Armaniston prezidenti matbuot-xizmati.
"Kunning dolzarb masalasi – Qorabog‘-ozarbayjon liniyasida Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilayotgan tajovuzkorona harakatlar va shu bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi matbuot-xizmati xabarida, RIA Novosti xabari asosida.

Tog‘li Qorabog‘ - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar boshlandi

2 aprelga o‘tar kechasi Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon-Armaniston nizosi yana yangilandi. Armanistonlik harbiylar tomonidan Ozarbayjon vertoloti urib tushirilgan va shundan so‘ng qarshi tomondan artilleriya orqali javob zarbalari yo‘llangan.
Qorabog‘ mojarosi, aholisining asosiy qismi armanlardan tashkil topgan Tog‘li Qorabog‘ 1988-yilda Ozarbayjon tarkibidan chiqishini e’lon qilgach boshlangan. Tog‘li Qorabog‘ aholisining 99,89 foizi Bokudan to‘liq mustaqil bo‘lishni yoqlab chiqqan referendumdan keyin, keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlangan. 1994-yil may oyida sulh tuzish haqidagi kelishuvlar kuchga kirdi. Hududlar chegarasida doimiy ravishda beqaror vaziyat saqlanib keladi.
O‘zbekiston Qorabog‘ni Ozarboyjonning tarkibida deb biladi va bu masala xalqaro huquq talablari asosida hal qilinishi kerak, deb keladi.

Yangiliklar lentasi
0