Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar boshlandi

© Sputnik / Yuriy Alekseyev / Mediabankka o‘tishTog‘li Qorabog‘
Tog‘li Qorabog‘ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2 aprelga o‘tar kechasi Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon-Armaniston nizosi yana yangilandi. Armanistonlik harbiylar tomonidan Ozarbayjon vertoloti urib tushirilgan va shundan so‘ng qarshi tomondan artilleriya orqali javob zarbalari yo‘llangan.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Arsrun Ovannisanning feysbukdagi o‘z sahifasida ma’lum qilishicha, ozarbayjonliklar hujumga o‘tishgan va ikki tomon o‘rtasidagi nizolarga sabab bo‘ladigan Tog‘li Qorabog‘ hududida harbiy harakatlar boshlangan, kun.uz xabari asosida.
Ovannisan Ozarbayjon tomonidan Armanistondagi tinch aholi istiqomat qiluvchi nuqtalarga hamda harbiy qismlarga artilleriya zarbalari berilayotganini ta’kidlagan.
Uning aytishicha, Armaniston armiyasi qarshi hujumga o‘tishga majbur bo‘lgan.

"Ikki tomonda ham qurbonlar bor. Ozarbayjon tomonining talofatlari ko‘proq, ulardagi harbiy texnikalarga zarar yetgan va bir vertolot yo‘q qilingan", deydi Ovannisan.

Qorabog‘ mojarosi, aholisining asosiy qismi armanlardan tashkil topgan Tog‘li Qorabog‘ 1988-yilda Ozarbayjon tarkibidan chiqishini e’lon qilgach boshlangan. Tog‘li Qorabog‘ aholisining 99,89 foizi Bokudan to‘liq mustaqil bo‘lishni yoqlab chiqqan referendumdan keyin, keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlangan. 1994-yil may oyida sulh tuzish haqidagi kelishuvlar kuchga kirdi. Hududlar chegarasida doimiy ravishda beqaror vaziyat saqlanib keladi.
O‘zbekiston Qorabog‘ni Ozarboyjonning tarkibida deb biladi va bu masala xalqaro huquq talablari asosida hal qilinishi kerak, deb keladi.

Yangiliklar lentasi
0