Nazarboyev Islom Karimovni yadro sinovlari to‘xtatilganining 25-yilligini nishonlashga taklif qildi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyodagi beshta davlat yetakchilarini, ya’ni “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona rahbarlarini”, Semipalatinskdagi yadro poligoni yopilganining 25-yil to‘lganligi munosabati bilan o‘tkaziladigan xotira tadbiriga taklif qildi.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Qozog‘iston rahbari Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tashkil qilish* bo‘yicha o‘zaro shartnoma tuzgan – O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlati rahbarlarini Semipalatinskdagi yadro poligoni yopilganining 25-yilligi munosabati bilan uyushtirilayotgan xotira tadbiriga taklif etdi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligida anjuman o‘tkazishni taklif qildi

Nazarboyev, 25-yil oldin shu poligon yopilganidan keyin Amerikaning Nevada shtatida hamda XXRda yadro quroli sinovlari o‘tkazilishi to‘xtaganini ta’kidlamoqda.

Semipalatinskda 1948-yilda ishga tushirilgan poligon yiriklik jihatdan Yer yuzidagi poligonlar orasida ikkinchi o‘rinda turgan va dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallovchi yadroviy arsenal hisoblangan. Aynan shu yerda Sovet ittifoqining ilk atom quroli sinovdan o‘tkazilgan. 1949-yildan 1989-yilga qadar Semipalatinskdagi yadro poligonida 468ga yaqin yadroviy sinovlar o‘tkazilgan. Poligon Qozog‘iston respublikasi prezidenti Nazarboyev farmoni bilan 1991-yilning 29-avgustida rasman yopilgan.

* Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 6-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida tom ma’nodagi tarixiy voqea yuz berdi — mazkur tashkilot tuzilganidan buyon birinchi marotaba besh yadroviy davlat — AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya yakdillik bilan va bir paytning o‘zida muhim xalqaro hujjatni — Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi Protokolni imzolashdi.Mazkur shartnomani imzolagan davlatlar yadroviy qurol ishlab chiqarish, uni sotib olish, yadroviy qurollar yoki uning qismlarini o‘z hududlarida joylashtirish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi fikr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1993-yili BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib ilgari surilgan.

Yangiliklar lentasi
0