Obama Kiyevga milliard dollar qanday shart bilan berilishini aytdi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishUkraina prezidenti Poroshenko va AQSh prezidenti Obama
Ukraina prezidenti Poroshenko va AQSh prezidenti Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainada hukumat shakllanishi jarayoni yakunlangach, unga milliard dollar miqdorda yordam ajratiladi, deb bayonot qildi AQSh prezidenti.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama va Ukraina prezidenti Potr Poroshenko Vashingtonda o‘tkazilgan yadro xavfsizligi sammiti vaqtida Kiyevga ajratilayotgan ulkan miqdordagi kredit liniyasining uchinchi transhi shartlarini muhokama qildi, deb xabar qiladi Ukraina prezidenti matbuot-xizmati, RIA Novosti xabari asosida.

Oq uy. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh: sammitda ishtirok etishdan voz kechib, Rossiya zo‘r imkoniyatni boy berdi

"Obama Ukrainaga beriladigan kreditning uchinchi transhi bir milliard dollarni tashkil qilishini va bu mablag‘lar Ukraina hukumati shakllangach berilishini tasdiqladi”, — deyiladi xabar matnida. Shuningdek, tomonlar Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishgani ta’kidlanmoqda.

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyukni iste’foga chiqarish uchun amalga oshirilgan no‘noq urinishdan so‘ng, Kiyevda siyosiy inqiroz avj oldi. Bu voqeadan keyin mamlakatdagi bir qatorfraksiyalar koalitsiyadan chiqishlarini ma’lum qildi. Ularni hanuzga qadar birlashtirish imkoni topilgani yo‘q.

Shuningdek, AQSh hukumati Ukrainaga 335 million dollar miqdorida harbiy yordam ajratmoqchi. Bu mablag‘lar harbiylarni tayyorlashga, yangi maslahatchilarni jalb qilishga hamda qurol-aslaha uchun sarflanishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0