AQSh: sammitda ishtirok etishdan voz kechib, Rossiya zo‘r imkoniyatni boy berdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishOq uy. Vashington
Oq uy. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yadro xavfsizligi masalasida yakkalanib qolmoqda, deya bong urmoqda AQSh.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik, Dmitriy Zlodorev. "Moskvaning yadro xavfsizligi bo‘yicha sammitda ishtirok etishdan voz kechishi — bu muhim masalalarni muhokama qilish imkoniyatini boy berishdir", deb bayonot qildi seshanba kuni jurnalistlarga AQSh prezidenti yordamchisi o‘rinbosari Ben Rods. RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Peskov: Putin yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etmaydi

"Rossiya bu galgi sammitda ishtirok etishni rad etib, muhim masalalarni muhokama qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi, degan fikrdamiz. Rossiya yadro havfsizligi masalasida yakkalanib qolmoqda”, — dedi Rods.Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasida yadro xavfsizligi masalalari yuzasidan hamkorlik davom etmoqda, deb qo‘shimcha qilishni unutmadi u.

Amerikalik mansabdorning fikricha, “bu juda muhim”.

"Rossiya va AQSh hamkorlik qilishda davom etayotganini ko‘rish, dunyo uchun juda muhim", — dedi Rods.

Yadro xavfsizligi bo‘yicha sammit 31mart — 1-aprel kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. Unda 50dan ortiq davlatlar ishtiroki ko‘zda tutilgan. Sammitning asosiy mavzusi yadro terrorchiligiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlanadi.

Yangiliklar lentasi
0