TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Moskvada chorshanba kuni 20dan ziyod «Islom davlati» tarafdorlari qo‘lga olindi, RIA Novosti huquqni saqlash organlari xabariga asosan.
“FSB va politsiya hamkorligida o‘tkazilgan operatsiya natijasida 18 kishi qo‘lga olindi. Ular IGIL bilan hamkorlikda ayblanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Moskvada ular terrorchi guruhlarga yangi a’zolar izlash va yollash bilan shug‘ullangan”, — dedi ichki ishlar xodimi.
Uning so‘zlariga qaraganda terrorchilarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya bir vaqtda bir necha manzillarda yoppasiga o‘tkazilgan. Qo‘lga olinganlardan bir necha elektron texnika uskunalari va katta miqdorda qalbaki hujjatlar topilgan. Qo‘lga olinganlarning asosiy qismi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqdi, lekin ularda bir necha davlat pasportlari, jumladan Turkiya pasportlari topilgan.
“Operatsiya davomida 18 kishi qo‘lga olindi, ulardan Turkiya fuqarolari haydovchilik guvohnomalari topildi. Tezkor xabarlarga ko‘ra ushbu guruh tomonidan yasalgan qalbaki hujjatlar “Islom davlati” terrorchilarini diqqatni jalb qilmasdan Rossiyaga olib kirish yoki olib chiqish uchun uchun ishlatilgan”, — dedi huquqni saqlash organlari xodimi.
ID terrorchilik guruhi oxirgi yillarda xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan eng yirik xavflardan biri bo‘lib qolmoqda. IDning asosiy kuchlari Suriya va Iroqda joylashgan. Undan tashqari, ID internet orqali dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yangi-yangi a’zolarni jalb qilishga to‘xtovsiz urunib kelmoqda.