Rossiyada “ID” jangarilari uchun qalbaki pasport tayyorlagan jinoyatchilar qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRossiya Federal xavfsizlik xizmati.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pasportlar Suriyaga noqonuniy yo‘l bilan kirib boruvchi terrorchilar hamda “Islom davlati” rahbarlari tomonidan terakt sodir etish uchun Rossiyaga yuboriladigan jangarilar uchun tayyorlangan, xabar qiladi Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Maxsus xizmat xodimi bergan ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiya natijasida, o‘ta jipslashgan xalqaro jinoiy uyushma kirdikorlari fosh qilingan. Jinoyatchilar mijozlari Rossiya hamda MDH davlatlari fuqarolari ekanligi ta’kidlanmoqda.

O‘zbekiston fuqarosi pasporti. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolarga cheklovlar kiritildi

Uyushma a’zolari "“ID” terrorchilik uyushmasi tomonida turib jang qilish maqsadida, noqonuniy yo‘llar bilan Suriyaga kirib boradigan yollanma jangarilar, shuningdek, terrorchilar boshliqlari tomonidan portlashlar sodir etish hamda ekstremistik faoliyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiyaga yuboriladigan jangarilar uchun qalbaki pasportlar tayyorlash bilan shug‘ullanishgan”, deyiladi Rossiya FXX xabarida.
Rossiya hududida noqonuniy ravishda yashab turgan migrantlar ham jinoiy uyushma mijozlari bo‘lganligi xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0