TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Anqara Rossiya bilan munosabatlarni iloji boricha qisqa fursatda yaxshilash uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilyapti, deb ta’kidladi Sputnik agentligiga Turkiya Iqtisodiyot vaziri Mustafo Elitosh.
"Turkiya va Rossiya munosabatlari iloji boricha tezroq yaxshilanishi uchun jon-jahd bilan harakat qilyapmiz. Ammo Rossiya tomondan bu harakatlarga javob bo‘lmayapti. Turkiya Rossiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, ikki xalqni yaqinlashtirish tarafdori", — deb bayonot qildi Elitosh.
"Rossiya bilan aloqalar, izga tushishi muqarrar. Biz tomondan shunday bo‘lishi uchun to‘siq yo‘q, harholda. O‘z navbatida, Rossiya ham ikkiyoqlama munosabatlarni yaxshilash uchun amalga oshirayotgan harakatlarimizni javobsiz qoldirmasligi kerak”, — qo‘shimcha qildi u.